Andijonda Lacetti YTHga uchrab yonib ketdi
![Andijonda Lacetti YTHga uchrab yonib ketdi](http://static.xabar.uz/crop/4/2/720_460_95_4238007267.png)
Kecha 19 mart kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanida ikkita avtomabil o‘zaro to‘qnashishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 22:59 larda Shahrixon tumanidagi Andijon-Toshkent yo‘nalishida yuz bergan. 2004 yilda tug‘ilgan R.A. Lacetti avtomobili bilan mazkur yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan Nexia bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv sababli yong‘in kelib chiqib, Lacetti avtomobili to‘liq yongan. FVB xodimlari voqea joyiga soat 23:11 da yetib borib, 23:14 da yong‘in o‘chirilgan. Hozirda uning zarari aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter