Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda narkolaboratoriya ochgan shaxs qamoqqa olindi

Andijonda narkolaboratoriya ochgan shaxs qamoqqa olindi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Bojxona hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Asaka tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida 1988 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaroning yonidan 1 dona nomsiz sprey idishdagi noma’lum suyuqlik hamda 2 dona nomsiz dori vositalari aniqlanib, vaqtincha saqlovga olindi.

Tezkor tadbirlar davom ettirilib, Xo‘jaobod tumanida ushbu shaxsga tegishli xonadon ko‘zdan kechirilganda, mazkur manzilda narkolaboratoriya tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi. U yerdan sprey idishlardagi nomsiz suyuqliklar, oq rangli kukunsimon moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari hamda giyohvandlik moddalarini tayyorlashda qo‘llaniladigan anjomlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, aniqlangan moddalar “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi hamda “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi ekani tasdiqlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring