Andijonda «Neksiya-3» mashinasi katta tezlikda dumalab ketdi (video)

Andijon viloyati, Andijon tumani, Zavrok MFY hududidan o‘tuvchi 4R130 Andijon aylanma yo‘lining 34 km.da sodir bo‘lgan YTH videosi tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi 1997-y.t. Sh.M. «Neksiya-3» rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida bir necha marta ag‘darilib, yo‘ldan chiqib ketadi va beton to‘siqqa borib uriladi.
Natijada, haydovchi Sh.M. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Ushbu YTH yuzasidan Andijon tumani IIB YHXG tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter