Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda qalbaki dollar sotayotgan shaxs ushlandi

Andijonda qalbaki dollar sotayotgan shaxs ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Andijon viloyatida qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘ston tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda fuqaro B.T. fuqaro M.M.ga qalbaki 1 900 AQSh dollarini haqiqiy 900 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, 100 AQSh dollarlik kupyuradagi qalbaki dollarlar ashyoviy dilil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

"Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar, qalbakiligini bilmagan holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, uni keyinchalik o‘tkazgan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi", deyiladi Prokuratura departamenti xabarida. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring