Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda Qirg‘izistonga o‘tuvchi tunnel qaziganlarga hukm o‘qildi

Andijonda Qirg‘izistonga o‘tuvchi tunnel qaziganlarga hukm o‘qildi

2024 yilning mart oyida Andijon viloyati Xonobod shahri "Alisher Navoiy" MFY hududini Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Suzoq tumani Bekobod qishlog‘i bilan bog‘lovchi yashirin yerosti tunneli aniqlangan edi.

U orqali tovar-moddiy boyliklarni O‘zbekistonga olib kirish va olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgandi.

Olib borilgan tergov jarayonlarida ushbu uyushgan jinoiy guruhga Qirg‘iziston fuqarosi rahbarlik qilgani, u tomonidan guruh a’zolari o‘rtasida vazifalar taqsimlangani aniqlangan. Hozirda unga nisbatan ham alohida jinoyati ishi olib borilmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan Qirg‘iziston fuqarosi Jinoyat kodeksning 182 va 223-moddalari bilan aybli deb topilib, 6 yil muddatga, 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi esa Jinoyat kodeksining 182-moddasi bilan aybdor deb topilib, ularning har biri 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring