Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda xususiy bog‘chalar qurilishida Janubiy Koreya tajribasiga tayaniladi

Andijonda xususiy bog‘chalar qurilishida Janubiy Koreya tajribasiga tayaniladi

Foto: Xabar.uz

Andijon viloyati hokimi – Shuxratbek Abdurahmonov bolalar qo‘g‘irchoq teatrida viloyatda xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Aytish joizki, ushbu masala yuzasidan tadbirkorlarning mavjud muammolarini bartaraf etish, ularga 0 balans qiymatida binolar, imtiyozli kreditlar kabi ko‘maklar berish maqsadida to‘rtinchi marta yig‘ilish tashkillashtirilayotgan bo‘lib, shu kunga qadar 317 nafar xususiy tadbirkorlarning loyihalari birma-bir ko‘rib chiqildi. Ulardan 10 nafari foydalanishga tayyor holatga keltirilgan bo‘lib, 250 ga yaqin ob’yektda qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Andijonda xususiy bog‘chalar qurilishida Janubiy Koreya tajribasiga tayaniladi. Bunda barcha xonalar isitiladigan pollar, tabiiy yorug‘likning yetarli miqdorda bo‘lishi, binoning ichki va tashqi ko‘rinishlari bolalarbop bo‘lishiga e’tibor beriladi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Andijonda nogironligi bo‘lgan insonlar uchun yangi qurilib foydalanishga topshirilgan har bir ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida 25 o‘rinli bolalar bog‘chasi, 30 o‘rinlik kasanachilik markazi tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring