Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yirik jinoiy guruh fosh etildi (video)

Andijonda yirik jinoiy guruh fosh etildi (video)

Andijon shahrida mashina oynalarining tusini o‘zgartirish ruxsatnomasi, haydovchilik guvohnomasi va ishonchnoma kabi hujjatlarning qalbakisini tayyorlab beruvchi yirik jinoiy guruh fosh etilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari ushbu soxta hujjatlar bilan mashina haydab yurganlarni to‘xtatishgan va bu jinoyatni fosh qilishgan. Gumondorlarning uylaridan kompyuter, rangli printer, fuqarolar pasportlari va boshqa ashyoviy dalillar topilgan.

Batafsil videoreportajda ko‘rishingiz mumkin.

Hozir ushbu holat yuzasidan dastlabki tergov jarayonlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring