Andijondagi «archa spektakli» yuzasidan hokimlik izoh berdi
Andijonda prezident tashrifi oldidan ko‘chalar bo‘yida archalar ekilgani, tashrif yakunlangach, ekilgan archalar qayta kavlab ketilgani videosi tarqalgandi.
Viloyat hokimligi mazkur voqea yuzasidan o‘z munosabatini e’lon qildi.
«Tasvirda aks ettirilgan holat shahar obodonlashtirish bo‘limi tomonidan hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtga tasvirga tushirilgan.
Obodonlashtirish ishlari olib borish jarayonida gullarga shikast yetmasligi uchun ular tasvirda aks etgan avtomashina yordamida soya-salqin joyga bir oz muddatga ko‘chirib turilgan.
Yo‘lning 50 metr uzunlikdagi qismida olib borilgan bu tadbir davomida, ekologlar tavsiyasiga ko‘ra, qayta o‘tqazilgan ko‘chatlarning yanada o‘sib rivojlanishi uchun zarur agrotexnik shart-sharoit yaratilgan. Ayni paytda bu manzarali butalar yana o‘z joyiga qayta o‘tqazilgan», — deyiladi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha yil avval Andijondagi «spektakl»lar ko‘p bor tilga tushgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter