Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi bog‘chada 4 yashar bola to‘satdan vafot etdi

Andijondagi bog‘chada 4 yashar bola to‘satdan vafot etdi

Foto: Xabar.uz

21-aprel kuni soat 14:00 dan 15:00 ga qadar bo‘lgan oraliqdagi vaqtda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 4 yoshli L.X. maktabgacha ta’lim tashkilotining kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda olamdan o‘tgan.

Bu xabarni Maktabgacha ta’lim vazirligi tasdiqladi. 

Tashkilot hamshirasining ma’lum qilishicha, ertalabki qabul jarayonida marhumda hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmagan.

Kun tartibidagi uyqu vaqtida har doimgidek bolalar uyquga yotqizilgan va tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarni uyqudan uyg‘otishganda bola o‘rnidan turmagan va darhol tez yordamga murojaat qilingan.

Shundan so‘ng, tibbiyot xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchi tibbiy nazoratdan o‘tkazilgan. Natijada, bola uyqu vaqtida olamdan o‘tganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirgi kunda huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv, ekspertiza ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring