Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi

Andijondagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 12 mart kuni soat 09:56 da Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida joylashgan maktabning yonidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:00 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:05 da o‘rab olingan va soat 10:14 da o‘chirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, maktab binosi yonidagi 1 qavatli oshxonaning taxminan  85 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring