Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Andijondagi voqea butun tizim rahbariyatini tashvishga soldi» – Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

«Andijondagi voqea butun tizim rahbariyatini tashvishga soldi» – Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

Foto: IIV

Andijonda ichki ishlar organi xodimlari tomonidan qiynoqqa solingan fuqaro A. Abdukarimov vafot etishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 nafar IIB xodimi hisbga olingan edi. Shuningdek, ushbu hodisa sabab, tizimda bir qator rahbarlar ishdan olindi.

— Andijon viloyatida bo‘lgan voqea, butun tizim rahbariyatini, barcha shaxsiy tarkibni nihoyatda tashvishga soldi. Noma’qul, tizimga tasodifan kirib qolgan xodimlarni ishdan bo‘shatish choralarini doimiy ravishda ko‘rib boramiz. Shuni ham ta’kidlashni istardim: ichki ishlar xodimlari kundalik faoliyatida tez-tez stress, zo‘riqish holatiga tushib qoladi. Chunki ular jinoyatchilik holatlari bilan bevosita to‘qnashadi. Shuning uchun psixologik ta’minot ishlarini yanada kuchaytirishimiz kerak. Tizimda sog‘lom fikrlaydigan, halol, pok, vijdonli, vatanparvar xodimlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi.

Biz endilikda har bir tuman ichki ishlar organlarida alohida xona tayyorlaymiz, u yerda har bir ichki ishlar xodimi bilan fuqarolar suhbatlari audio-video uskunalari orqali yozib boriladi. Umuman, kaltaklash, tazyiq o‘tkazish holatlarining oldini olishning barcha choralarini ko‘ramiz, — dedi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Rustam Xatamov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring