Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andrey Kubatinning o‘limi bilan bog‘liq holatga Bosh prokuratura rasmiy munosabat bildirdi

Andrey Kubatinning o‘limi bilan bog‘liq holatga Bosh prokuratura rasmiy munosabat bildirdi

Sharqshunos olim Andrey Kubatinning o‘limi bilan bog‘liq holatga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.

2021-yil 28-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook) fuqaro Klara Saxarovaning ukasi 1984-yilda tug‘ilgan Kubatin Andrey Viktorovich 2020-yil 13-oktyabr kuni Zangiota tumanida joylashgan Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus 2-son Zangiota shifoxonasiga yotqizilganligi, shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan muolajalarga qaramasdan 2020-yil 29-oktyabr kuni vafot etganligi va bu holatda tibbiyot xodimlarining harakatiga baho berish haqida murojaati tarqalgan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, 2021-yil 28-yanvar kuni Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent viloyati filiali sud-tibbiyot ekspertizasida komission sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Toshkent viloyati filiali komission ekspertizasining 16-sonli xulosasiga ko‘ra, 1984 yilda tug‘ilgan A. Kubatin, «COVID-19 infeksiyasi, og‘ir kechishi, asorati ikki tomonlama shifoxonadan tashqari interstitsial polisegmentar pnevmoniya, nafas yetishmovchiligi III-daraja, endogen intoksikatsiya, o‘pka shishi, o‘pka-yurak qon tomiri yetishmovchiligi 3-darajasi, hamroh gipertoniya kasalligi, semizlik 1-2-darajasi, shuningdek, poliorgan yetishmovchilik tufayli vujudga kelgan o‘tkir o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasida bemor A.Kubatinga nisbatan tashxis to‘g‘ri qo‘yilganligi ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, xizmat tekshiruvi hamda ekspertiza xulosalarida, marhum A.Kubatinning o‘limiga sabab bo‘lgan holatlar, ya’ni ikki tomonlama subtotal, interstitsial zotiljam okibatida vujudga kelgan og‘ir darajali nafas va yurak kon tomiri yetishmovchiligi, to‘qimalar og‘ir darajadagi gipoksiyasi uning hayotlik davrida 2-son Zangiota maxsus klinika shifokorlari tomonidan aniqlangan bo‘lib, tekshiruv va davo muolajalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-sentyabrdagi 8-son «Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni profilaktika, diagnostika, davolash va reabilitatsiyasi buyicha vaktinchalik milliy metodik tavsiyasi»ga asosan to‘g‘ri va asosli o‘tkazilganligi qayd etilgan.

Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, tuman prokuraturasi tomonidan 2021-yil 28-fevral kuni jinoyat ishini ko‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring