Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Android-televizorlarda ilovani endi smartfon orqali o‘rnatish mumkin

Android-televizorlarda ilovani endi smartfon orqali o‘rnatish mumkin

Foto: «Ferra.ru»

«Google» kompaniyasi Android TV televizorlari uchun ilovalarni masofadan o‘rnatishni yanayam qulaylashtirdi, deyiladi «Ferra.ru» xabarida. Ushbu yechim android-smartfonlar foydalanuvchilariga mo‘ljallangan.

Google Play ilovalar do‘konida  android-televizorlar uchun ilovani bevosita smartfonning o‘zidan o‘rnatish imkonini beruvchi opsiya paydo bo‘ldi: Install tugmasi tushuvchi menyuni chaqiradi va unda ayni paytda ishlab turgan qurilmalar, jumladan, ulangan Android TV qurilmalari ko‘rinadi.

Shunga o‘xshash funksiya Wear OS qurilmalarida ilovalarni masofadan o‘rnatishda qo‘llanilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, android-televizorlarda ilovani o‘rnatish uchun bu ilova smartfonda o‘rnatilgan bo‘lishi talab etilmaydi.

Yangi opsiya foydalanuvchilari soni ortib bormoqda, katta ehtimol bilan tez orada bizga ham yetib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring