Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angela Merkel Fulbrayt mukofotiga sazovor bo‘ldi

Angela Merkel Fulbrayt mukofotiga sazovor bo‘ldi

Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkel xalqaro tushunishni mustahkamlashdagi sa’y-harakatlari uchun amerikalik senator Uilyam Fulbrayt nomidagi mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu haqda «New York Times» xabar bermoqda.

Mukofot Merkelga Vashingtonda joylashgan Fulbrayt Assotsiatsiyasi tomonidan Berlinda bo‘lib o‘tgan marosimda topshirildi. Bu Fulbrayt taqdirlash marosimining ilk bor AQShdan tashqarida topshirilishi bo‘ldi. Marosimda Angela Merkelning «ajoyib, mehribon rahbarligi va uning o‘zaro tushunishga, xalqaro hamkorlikka va tinchlikka intilishi» e’tirof etildi.

Mukofotni ola turib kansler ko‘plab mamlakatlarda o‘sib borayotgan populizm va millatchilik xavfi, shuningdek, BMT, Xalqaro savdo tashkiloti va boshqa shu kabi tashkilotlarning muhim roli haqida so‘zladi.

Merkeldan avval ushbu mukofotga Nelson Mandela, Kofi Annan, Jimmi Karter, Bill Klinton, Bill va Melinda Geyts kabi shaxslar sazovor bo‘lgan. Angela Merkel mukofotning ilk germaniyalik sohibi bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring