Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angrenda chuqur quduqqa tushib ketgan odam va kuchuk bolasi qutqarildi (foto)

Angrenda chuqur quduqqa tushib ketgan odam va kuchuk bolasi qutqarildi (foto)

Foto: FVV

Bugun, 8-fevral kuni soat 11:48 da Toshkent viloyati Angren shahar 3-yong‘in-qutqaruv qismi dispetcherlik xizmatiga tashvishli xabar kelib tushgan.

Foto: FVV

Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzil – Angren shahar Bunyodkor ko‘chasiga yetib boradilar.

Foto: FVV

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro V.B. ichimlik suvini chiqarish uchun mo‘ljallangan chuqurligi 16 metr bo‘lgan quduq ichiga tushib ketgan kuchuk bolasini olib chiqmoqchi bo‘lgan. Ammo u osilib tushayotgan arqon kutilmaganda uzilib ketishi natijasida quduqqa tushib ketgan.

Foto: FVV

Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida fuqaro va kuchuk bolasi quduq ichidan olib chiqildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring