Angrenda qo‘shma korxonalar soni yana ikkitaga oshdi

Angren shahar davlat xizmatlari markazida «Angren» erkin iqtisodiy zonasida O‘zbekiston va Turkiya bilan hamkorligida «BEST ASIA PLAST» va Birlashgan Arab Amirliklari hamkorligida «GREEN HOUSE MANUFACTURE» mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonalarini davlat ro‘yxatidan o‘tdi. Markaz mutaxasissislari xorijlik investorlarga yashil yo‘lak tamoyili asosida xizmat ko‘rsatdi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda joriy qilingan yangilik va qulayliklardan mamnun bo‘lgan mahalliy va xorijlik investorlar, markaz xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
«BEST ASIA PLAST» qo‘shma korxonasi ishlab chiqarishga yuqori texnologiyalar va nou-xaularni faol tatbiq etib, ichki bozorni boyitadigan va eksport salohiyatini kengaytirishda yordam beradigan qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Korxona to‘la quvvat bilan ishga tushgach 70 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.
«GREEN HOUSE MANUFACTURE» qo‘shma korxonasi esa meva-sabzavot yetishtirish va eksport qilishni maqsad qilgan. Mazkur xorijiy korxona to‘la quvvat bilan ishga tushsa,hududda yashovchi 100 nafar aholi bandligi ta’minlanadi.
Shu bilan Angrenda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi qo‘shma korxonalar soni 52 taga yetdi.
G‘ayrat Ahmedov,
Angren shahar Davlat xizmatlari markazi direktori
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter