Angrenda HOWO yuk mashinasi to‘satdan yonib ketdi

20-iyul kuni Toshkent viloyati Angren shahar, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida turgan HOWO rusumli yuk avtomobilining salon qismi yonayotgani haqida viloyat FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:37 da o‘rab olingan va soat 15:40 da o‘chirilgan, deyiladi ma’lumotda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas