Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anomal sovuq «Afrosiyob» poyezdini ishdan chiqardi

Anomal sovuq «Afrosiyob» poyezdini ishdan chiqardi

Foto: «Xabar.uz»

Yurtimizda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo sababli bugun, 13 yanvar kuni «Buxoro – Toshkent» yo‘nalishidagi 765-sonli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdida  nosozlik yuzaga keldi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, poyezd «Malik» bekatida  to‘xtatilgan.

Yo‘lovchilarni manzilga xavfsiz yetkazib kelish maqsadida zahira «Afrosiyob» elektropoyezdi  jo‘natilgan.

Avvalroq kuchli sovuq oqibatida poyezdlar harakati o‘zgarishi ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring