«Anorbank»ning egasi Fransiyada o‘g‘irlab ketildi

Fransiyaning Le Monde Anorbankning asosiy aksioneri Qahramon Olimovning 23 iyun kuni Parij shahrida o‘g‘irlab ketilgani va Nitssa yaqinida joylashgan villadagi ikki kunlik tutqunlikdan so‘ng to‘lab berilgan garov puli evaziga qo‘yib yuborilgani haqida xabar tarqatdi.
Gap shundaki, 48 yoshli bankir Fransiyaning EDF kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida gaz siklli elektr stansiyasi qurilishida ishtirok etmoqda. U Parijga ayni shu loyiha doirasida fransuz hamkorlari bilan uchrashish maqsadida borgan. 21 iyunda Toshkentdan uchgan Olimov, Istanbul orqali Parijga qo‘ngan.
O‘zbekistonlik bankirning o‘g‘irlanish voqeasi o‘sha kuni u 9 kechaga joy band qilingan Sofitel Arc-de-Triomphe mehmonxonasida o‘zini Anastasiya deb tanishtirgan rus va ingliz tillarida so‘zlashuvchi ayol bilan suhbatdan boshlangan.
Ikki kunlik tutqunlikdan so‘ng shifokorlar ko‘rigida Olimovning tanasida ko‘kargan joylar va yaralar borligini qayd etishgan. Nashrning yozishicha, bemor haddan tashqari xavotir va uyqu bilan bog‘liq muammolaridan shikoyat qilgan.
Le Monde, shuningdek, bankirning tashrifidan kamchilik, jumladan, notarius, EDF kompaniyasi rahbariyati hamda Sofitel Arc-de-Triomphe mehmonxonasigina xabardor bo‘lganiga e’tibor qaratgan.
Holat yuzasidan «guruh bo‘lib, shaxsni noqonuniy ushlab turish» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va bir kishi qamoqqa olingan.
Manba: lemonde.fr
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter