Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anqara va Vashington munosabatlarni mo‘tadillashtirish mexanizmini ishlab chiqadi

Anqara va Vashington munosabatlarni mo‘tadillashtirish mexanizmini ishlab chiqadi

Foto: «REUTERS»

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning Anqaraga safari doirasida Amerika va Turkiya o‘zaro munosabatlarni normallashtirish mexanizmini ishlab chiqishga kelishdilar. Bu haqida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chovusho‘g‘li AQSh davlat kotibi ishtirokida tashkil etilgan matbuot konferensiyasida ma’lum qildi.

Tillerson Turkiyaga ikki kunlik rasmiy tashrif bilan kelgan bo‘lib, dastavval mamlakat prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on bilan, so‘ngra tashqi ishlar vaziri Mevlut Chovusho‘g‘li bilan uchrashdi.

«AQSh davlat kotibining mamlakatimiz rahbari bilan uchrashuvida nafaqat ikki davlat aloqalari, mintaqaviy muammolar bo‘yicha kelishuvlar ham muhokama etildi. Mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatni mo‘tadillashtirish masalasi ko‘rib chiqildi. Aynan shu masalada alohida mexanizm ishlab chiqishga kelishib oldik», — deya ta’kidlagan Chovusho‘g‘li.

Vazirning aytishicha, shu mavzu doirasida turk-amerika uchrashuvlari mart oyida o‘tkaziladi.

Ma’lumki, AQShning Suriya shimolidagi kurdlarni qo‘llab-quvvatlashi Turkiya va AQSh munosabatlariga sovuqchilik tushirgandi. Turkiya Suriya shimolidagi kurdlarni taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador deb hisoblaydi. Bundan tashqari Amerika tomoni 2016-yil iyulda Turkiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishda ayblangan Fathulloh Gulenni topshirish haqidagi talabni ham paysalga solib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring