Antoniu Guterrish O‘zbekistonga keldi
Bugun, 30 iyun kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qisqa suhbatdan so‘ng, BMT Bosh kotibi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri hamrohligida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.
Eslatib o‘tamiz, BMT bosh kotibi Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonga ham tashrif buyuradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter