Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AOKA direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

AOKA direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ulug‘bek Azamov Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Agentlik direktorining yangi o‘rinbosari xalqaro hamkorlik, tahliliy ta’minot va matbuot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring