Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Apple rasmiy saytida kompaniyaning eskirgan mahsulotlari ro‘yxati e’lon qilindi, ular orasida bir nechta iPhone va Apple Watch modellari ham bor.
Kompaniya iPhone 6s Plus hamda iPhone XS Max smartfonlarini rasman «vintaj», ya’ni eskirgan qurilmalar toifasiga kiritdi. Bu shuni anglatadiki, Apple hamda sheriklikdagi servis xizmatlari ushbu qurilmalarni faqat foydalanuvchida ehtiyot qismi bo‘lsa ta’mirlab beradi.
Bundan tashqari, alyuminiy va zanglamas po‘latdan ishlangan Apple Watch Series 2 soatlari ham eskirgan qurilmalar ro‘yxatiga qo‘shildi, ammo keramik korpusli Series 2 soatlari hozircha ro‘yxatga qo‘shilgan emas.
iPhone 6s va iPhone 6s Plus 2015-yilda taqdim etilgan to‘qqizinchi avlod ayfonlari sanaladi. Ularning o‘rnini 2016-yilda iPhone 7 va iPhone 7 Plus egalladi. 2018-yilda iPhone XS, iPhone XS Max va iPhone XR taqdim etilishi bilan iPhone 6s va iPhone 6s Plus chiqarilishi to‘xtatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter