«Apple» havoga ham yozishga qodir stilusni patentladi
«Apple» kompaniya har qanday yuzaga, hatto havoga yoza oladigan stilusni patentladi. Patentda «bevosita sensorli ekransiz yozish qurilmasi» deya qayd etilgan. Bu haqda «Nv.ua» xabar berdi.
G‘oya shundan iboratki, siz biror nimani chizayotganingizda stilus izini kuzatish uchun harakat va aniqlash datchiklaridan foydalaniladi, buning uchun hech qanday qat’iy yuza shart emas.
«Apple»ning mazkur qurilmasi har qanday yuzaga yozish imkonini bergani sabab, unga «Elektron bo‘lmagan yuzalarga kontent yaratishda elektron qurilmadan foydalanish» deya nom berildi.
Bu stilus uchidagi sezgir moslama yordamida amalga oshiriladi, ya’ni uning barcha harakatini yozib oladi. «Qalam»ning uch o‘lchamli makondagi harakati 3D-loyihalarni yaratish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, «Apple Pencil» stilusi faqatgina «iPad Pro»da ishlay oladi, biroq yuza tanlamaydigan «qalam» ko‘plab ijodkorlarning orzusi ekanligi shubhasiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter