Apple rekordini to‘qqizinchi yilga ham olib o‘tdi
Apple brendi, to‘qqizinchi yildirki, eng qimmatligicha qolmoqda, «Interbrand Corp» 2021-yil uchun o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqda. Brend o‘tgan yildan beri 26 foizga qimmatlashdi — $408,25 mlrd.
Ikkinchi o‘rinda — Amazon brendi (+24 foiz, $249,25 mlrd.), uchinchi — Microsoft (+27 foiz, $210,2 mlrd.), to‘rtinchi — Google (+19 foiz, $196,8 mlrd.).
Top-10 ro‘yxatidagi qolgan brendlar ham o‘z o‘rnini yo‘qotmadi:
- Samsung (+20 foiz, $74,635 mlrd.)
- Coca-Cola (+1 foiz, $57,488 mlrd.)
- Toyota (+5 foiz, $54,107 mlrd.)
- Mercedes-Benz (+3 foiz, $50,866 mlrd.)
- McDonald’s (+7 foiz, $45,885 mlrd.)
- Disney (+8 foiz, $44,183 mlrd.).
2020-yilga nisbatan eng qimmatlagan brend — Tesla (+184 foiz, $36,27 mlrd.) 26-o‘rindan 14-pog‘onaga sakradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter