AQSh afg‘on hukumatining 9 mlrd. yevroga yaqin pulini muzlatib qo‘ydi

Vashington AQSh federal zaxira tizimi va boshqa moliyaviy tashkilotlarining afg‘on hukumatiga tegishli hisobraqamlarini muzlatib qo‘ydi.
«Afg‘oniston hukumatining AQSh markaziy bankidagi birorta aktivi tolibonlarga berilmaydi», dedi AQSh ma’muriyati vakili.
Afg‘oniston markaziy banki rahbari Ajmal Ahmadining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning valyuta zaxiralari miqdori 9 mlrd. yevroga yaqin bo‘lib, ularning hammasi xorijda joylashtirilgan.
Bundan tashqari, AQSh rahbariyati afg‘on hukumatining Xalqaro valyuta fondidagi qariyb 500 mln. dollar pullarini ham tolibonlarga yetib bormasligi uchun yopib qo‘yish harakatida.
Tolibonlar g‘alaba qila boshlagan paytda AQSh moliya vazirligi Afg‘onistonga naqd dollar pullarini yetkazishni to‘xtatgan edi. Shunda ular 100 mln. dollarga yaqin mablag‘ni tejab qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter