AQSh JCh-2026da g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega — FIFA prezidenti

FIFA prezidenti Janni Infantino AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda amerikaliklar 2026-yilgi mundialda g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidladi.
Infantinoning fikricha, o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida AQSh terma jamoasi ko‘p narsalarga qodir.
«Qo‘shma Shtatlar muxlislar qo‘llab-quvvatlovi bilan g‘alaba qozonishi mumkin. Terma jamoada dunyoning eng yaxshi klublarida to‘p suruvchi futbolchilar bor. G‘alaba uchun imkoniyat, albatta, bor», — dedi FIFA prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter