Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hammasining ortida Putin turibdi» — qo‘lga olingan jurnalist haqida

«Hammasining ortida Putin turibdi» — qo‘lga olingan jurnalist haqida

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun o‘tkazilgan brifingda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Evan Gershkovichning hibsga olinishini shaxsan boshqargani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

Bu haqda ma’lumot Bloomberg agentligi tomonidan tarqatilgandi.

«Yo‘q, bu prezidentning vakolati emas, maxsus xizmatlar bu ishni qilmoqda, ular o‘z ishlarini qilyapti. Yana bir bor eslatib o‘tamanki, jurnalist jinoyat ustida qo‘lga olingan», — deya tushuntirgan Peskov.

Ammo G‘arb OAViga ko‘ra, jurnalistning qo‘lga olinishi ortida shaxsan Rossiya prezidenti ham turibdi. 

Eslatib o‘tamiz, Evan Gershkovichning qo‘lga olinishini AQSh prezidenti Jo Bayden «noqonuniy» deya atagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring