Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh savdo vakili Ketrin Tay O‘zbekistonga kelyapti

AQSh savdo vakili Ketrin Tay O‘zbekistonga kelyapti

AQSh Savdo vakili Ketrin Tay 2024-yilning 11-12 iyun kunlari O‘zbekistonga keladi.

U 11-iyun, seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev, prezident administratsiyasi vakillari, hukumat a’zolari bilan bilan matbuot uchun yopiq bo‘ladigan uchrashuvlar o‘tkazadi.

12-iyun, chorshanba kuni esa elchi Tai Samarqand shahrida bo‘ladi. U yerda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashadi va ushbu uchrashuv ham matbuot uchun yopiq bo‘ladi.

AQSh Savdo vakili 13-iyun kuni Qozog‘istonga jo‘nab ketadi va Ostonada Markaziy Osiyo savdo va investitsiya hadli bitimi kengashida qatnashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring