AQSh shaxsan Putinga qarshi sanksiyalar tayyorlayapti

AQSh demokrat-senatorlari bugun, 12-yanvar sanasida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taqdim etishi kutilmoqda. O‘zida mavjud hujjatlarga asoslanib, bu haqda «The Washington Post» yozmoqda.
Nashrga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga bosqin uyushtirgan taqdirda, sanksiyalar kuchga kiradi. Aytilishicha, prezident Vladimir Putinga taalluqli cheklovlar ham bor. Shuningdek, Rossiyaning qator yuqori amaldorlari va harbiylari, banklari va SWIFT tizimi cheklovga tushishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, demokratlar taklif qilgan sanksiyalar Oq uy tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter