AQSh Ukrainaga ko‘rsatgan yordam hajmi 123,3 mlrd dollarga yetdi

AQSh Ukrainaga ajratgan yordam hajmi 123,3 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Kil jahon iqtisodiyoti instituti (Germaniya) ma’lumot berdi.
2025-yil apreliga qadar Ukrainaga berilgan ko‘mak yo‘nalishlari: harbiy maqsadlarga — $69,5 mlrd, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash — $50,1 mlrd, insonparvarlik yuklari — $3,7 mlrd.
Ta’kidlanishicha, 2025-yilning may oyidan iyul oyi boshiga qadar AQShdan Ukrainaga yangi yordam kelmagan.
AQSh 2-iyuldan Ukrainaga havo hujumiga qarshi Patriot tizimlari, zenit raketalari, yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilar va 155 millimetrli snaryadlarni yetkzishni to‘xtatdi. Ukraina va Isroilga uzoq vaqtdan buyon yordam ko‘rsatayotgan AQSh o‘z qurol-aslaha ombori bo‘shab qolishidan xavotirda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter