AQSh va Xitoy savdo bitimini imzoladi – Oq uy

Tramp AQSh va Xitoy savdo bitimi imzolaganini ma’lum qildi.
«Kecha biz Xitoy bilan shartnoma imzoladik», – dedi Tramp Oq uyda щtgan tadbirda. AQSh prezidenti savdo kelishuvi haqida hech qanday ma’lumot bermagan.
AQSh Savdo vaziri Govard Lutnik AQSh va Xitoy may oyida Jenevada erishilgan savdo kelishuvini yakunlaganini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv ikki kun avval imzolangan hamda Pekin va Vashington o‘rtasidagi savdo muzokaralarida kelishilgan shartlarni o‘zida mujassam etgan. Ular orasida Xitoyning AQShga noyob metallarni yetkazib berish majburiyati ham bor.
«Ular bizga noyob metallarni yetkazib beradi. Shundayn so‘ng biz javob choralarini bekor qilamiz», – dedi Lutnik Bloomberg News bilan suhbatda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Oq uy yaqin kelajakda o‘zining eng yirik o‘nta savdo hamkori guruhi bilan savdo bitimlari tuzishni rejalashtirmoqda.
Oq uy vakilining aytishicha, AQSh va Xitoy Jeneva bitimi shartlari bo‘yicha kelishib olgan. Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi izoh berishdan bosh tortgan va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ham izoh berish so‘roviga javob bermagan. Tramp aprel oyida boshlagan dunyoning aksariyat davlatlari bilan savdo urushi davrida Xitoy bilan o‘zaro tariflar Vashington tomonida 145 foizga, Pekin tomonida 125 foizga yetdi. Iyun o‘rtalarida Tramp Qo‘shma Shtatlar va Xitoy savdo bitimi tuzishga kelishib olganini ma’lum qilgandi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Pekin Qo‘shma Shtatlarga magnit va noyob qazilma resurslarini yetkazib beradi, Vashington esa xitoylik talabalarga Amerika kollejlari va universitetlarida o‘qishga ruxsat beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter