Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Viktor Orban nomzodini BMT bosh kotibi lavozimiga ilgari surmoqda

AQSh Viktor Orban nomzodini BMT bosh kotibi lavozimiga ilgari surmoqda

Foto: Euronews

Donald Tramp ma’muriyati Vengriya sobiq bosh vaziri Viktor Orbanni BMT bosh kotibi lavozimiga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda, deb xabar berdi The Wall Street Journal o‘z manbalariga asoslanib.

Nashrga ko‘ra, Vashington Orbanni ushbu xalqaro tashkilot rahbarligi uchun kurashda ko‘rishni istaydi va bunday nomzod Rossiya hamda Xitoyning ham qo‘llab-quvvatlashiga erisha oladi, deb hisoblaydi.

Manbalarning qayd etishicha, Orban BMT Xavfsizlik kengashining 15 ta a’zosidan 10 tasining ovozini ta’minlashga qodir, ulardan sakkiztasini «hech qanday muammosiz» qo‘lga kiritish mumkin. U «to‘g‘ri mafkura»ga amal qiladi va dushmanona muhitda rahbarlik qilishni biladi.

BMTning amaldagi bosh kotibi Antoniu Guterrishning vakolat muddati 2026-yil 31-dekabrda tugaydi.

Avvalroq O‘zbekiston BAA davlat vaziri Lana Zaki Nuseybening Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi lavozimiga nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring