AQSh viza berishda ijtimoiy tarmoqlarimizni tekshiradi(mi?)
Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum «Xabar.uz»ga bergan intervyusida AQShga viza berish jarayonida da’vogarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini tekshiradi, degan mish-mishlarga izoh bergan edi.
«AQSh Davlat departamenti immigratsion vizaga da’vogarlarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari, xavfsizlikni tekshirish jarayonining bir qismi sifatida, shuningdek, noimmigrant toifalar (talaba, turist, almashuv dasturi) uchun ba’zi vizaga murojaat etuvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi», — degan elchi.
Avvalroq 2023 yilgi «Green Card» javoblari 8 may kunidan boshlab e’lon qilinishi haqida xabar bergan edik.
Elchi bilan to‘liq intervyuni quyida ko‘rishingiz mumkin:
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter