Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda Donald Trampdan keyin eng qudratli shaxs kimligi aytildi

AQShda Donald Trampdan keyin eng qudratli shaxs kimligi aytildi

Foto: Reuters

Oq uyning ma’muriy-budjet boshqarmasi (OMB) rahbari Rassel Vout — AQShda prezident Donald Trampdan keyingi eng qudratli shaxs, deb yozdi Bloomberg.

«Vashingtonda hech kim raqamlar va federal hukumatni boshqarish jarayonini Rassel Voutchalik bilmaydi. U Tramp davridagi AQShda hukumatini qayta qurishning asosiy me’morlaridan sanaladi», — dedi Trampning sobiq maslahatchisi Stiven Bennon.

Vout Qo‘shma Shtatlar hukumatini isloh qilishga qaratilgan «Loyiha 2025» hammualliflaridan biridir. Ta’lim vazirligini yopish, bojlar joriy etish, Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatish kabi rejalar shu hujjatda belgilangan.

Qolaversa, Ilon Mask ham tinmay Vout bilan maslahatlashib turadi, holbuki, ular «mutlaqo boshqa-boshqa» odamlar, deb yozishdi jurnalistlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring