AQShda koronavirusga chalinganlar soni 25 milliondan oshdi

Pandemiya e’lon qilinganidan beri AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 25 million kishidan oshdi, deya xabar berdi Jons Xopkins instituti.
Yakshanba kungi ma’lumotlarga ko‘ra, Shtatlarda 25.014.789 ta COVID-19 holati qayd etildi. Kasallanganlar soni bo‘yicha AQShdan so‘ng ikkinchi o‘rinda borayotgan Hindistonda 10.654.533 ta holat aniqlangan.
Pandemiya paytida mamlakatda 417 ming amerikalik vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter