Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh savdo majmuasida qurolli hujum: 3 kishi halok bo‘ldi

AQSh savdo majmuasida qurolli hujum: 3 kishi halok bo‘ldi

Foto: «joinfo.ua»

AQShning Florida shtatidagi savdo majmuasida sodir bo‘lgan qurolli hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi yaralandi. Bu haqda «Sabah.com» ma’lum qilmoqda.

Floridaning Jeksonvill shahri merligi xodimi Mayk Uilyamsning ma’lum qilishicha, noma’lum kimsa savdo majmuasida video o‘yinlari turniri o‘tkazilayotgan paytda uch kishiga qarata o‘q uzgan va so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan.

Voqea joyidan qochayotgan 11 kishi yaralangan.

Olib borilgan surishtiruv natijasida qurollangan kimsa 24 yoshli Devid Kats ekani aniqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring