AQShda TikTokni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi
Amerikada Kongressning ikkala palatasiga TikTok ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishni taqiqlovchi, shuningdek, Rossiya, Xitoy va boshqa bir qator davlatlar nazoratidagi media-kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini nazarda tutuvchi qonun loyihasi taqdim etildi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi tayyorlanishiga TikTok ilovasidan amerikaliklarga nisbatan josuslik qilinishi, ularning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish va dezinformatsiyalarni tarqatishda foydalanish mumkinligidan xavfsirash sabab bo‘lgan.
Shuningdek, yangi qonun loyihasi Xitoy va Rossiya tomonidan boshqariladigan yoki ta’siri ostidagi har qanday ijtimoiy media ilovalarini taqiqlashga qaratilmoqda.
AQSh ayrim shtatlarida davlat xizmatchilariga o‘z kompyuteri va telefonida TikTok ilovasidan foydalanish taqiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter