AQShdagi maktabda otishma yuz berdi: uch kishi o‘lgan

AQShning Minneapolis shahridagi katolik maktabida otishma yuz berdi. AQSh Adliya vazirligi kamida 3 kishi halok bo‘lgani va 20 dan ortiq kishi yaralanganini ma’lum qildi.
CNN telekanali huquq-tartibot idoralariga tayanib, otishmada gumon qilinayotgan shaxs o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar bermoqda.
NBC telekanalining ta’kidlashicha, hujumchi katolik maktabida ertalabki ibodat vaqtida otishma boshlagan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bu Minneapolisda 24 soat ichida sodir bo‘lgan to‘rtinchi jiddiy otishmadir.
AQSh prezidenti Donald Tramp voqea joyida FQB ish olib borayotganini aytdi.
"Men Minnesota shtatidagi Minneapolis shahrida sodir bo‘lgan fojiali otishma haqida to‘liq ma’lumotga egaman. FQB tezda javob berdi va voqea joyida ishlamoqda. Oq Uy bu dahshatli vaziyatni kuzatishda davom etadi", deya yozadi Tramp Truth Social sahifasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter