Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShga borgan Serbiya prezidentining tobi qochdi

AQShga borgan Serbiya prezidentining tobi qochdi

Foto: Reuters

Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchich betob bo‘lib qolgani sababli AQShdagi safarini muddatidan oldin yakunladi, deb xabar berdi Bloomberg.

Ta’kidlanishicha, Vuchich 2-may kuni o‘zini yomon his qilgan, shifokorlar bilan maslahatlashib, Belgradga qaytishga qaror qilgan. Ahvoli qay darajada og‘ir — boshqa xabar yo‘q.

Serbiya prezidenti xorijga xizmat safari davomida Donald Tramp bilan uchrashishni rejalashtirgandi. Ammo u Oq uy sohibi bilan suhbatlashishga ulgurdimi, bu haqda ham ma’lumot berilmagan.

Vuchich 30 aprel kuni AQShning Florida shtatiga kelgan va bir nechta siyosatchi va tadbirkorlar bilan uchrashgan. Ular orasida AQSh kongressi a’zosi Klaudiya Tenni va Nyu-York sobiq meri Rudi Juliani bor.

Avvalroq Aleksandar Vuchich, Yevroittifoq yetakchilarining bosimiga qaramasdan, 9-may kuni Moskvaga borishini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring