Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShga yashirincha kirishda qancha o‘zbekistonlik qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi

AQShga yashirincha kirishda qancha o‘zbekistonlik qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi

2021 yilning oktyabridan 2023 yilning oktyabriga qadar AQShda chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan 13 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb yozmoqda Gazeta.uz.

Ikki yil ichida AQShga Meksika orqali o‘n minglab fuqarolar noqonuniy kirishga harakat qilgan bo‘lib, mamlakat hukumati ularni «alohida qiziqish uyg‘otuvchi shaxslar (special interest aliens) toifasiga kiritgan. 

Ular orasida 30 830 nafar Turkiya fuqarolari, 15 594 nafar Mavritaniya fuqarolari, 13 624 nafar O‘zbekiston fuqarolari, 6386 nafar Afg‘oniston fuqarolari, 3153 nafar Misr fuqarolari, 1613 nafar Pokiston fuqarolari bor. Chegarada qo‘lga olinganlar orasida Eron (659), Suriya (538), Iordaniya (185), Livan (164), Yaman (139) va Iroq (123) fuqarolari ham qayd etilgan.

Ushlanganlarning qanchasi AQShdan chiqarib yuborilgani yoki immigratsiya bo‘yicha sud muhokamasi sanasi belgilanganidan keyin mamlakatga ruxsat berilgani noma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring