Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arab xurmosining foydasi

Arab xurmosining foydasi

Ramazon oyida ham iftorlik, ham saharlikda iste’mol qilish tavsiya etilgan foydali ne’matlardan biri arab xurmosidir. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Arab xurmosi mineral va vitaminlarga boydir. Uning tarkibidagi 23ta aminokislota boshqa mevalarda uchramaydi. Arab xurmosini doimiy ravishda, kuniga kamida 3-4 dona yeb turilsa, ko‘p kasalliklarga shifo hisoblanarkan.

Ilk bor Mesopotamiyada bo‘y cho‘zgan bu palma daraxti mevalari shifobaxsh va yirikligiga ko‘ra foydali hisoblangan.

Arab xurmosining inson organizmi uchun foydalari qanday? U insonning miya faoliyatini yaxshilashidan tashqari yana bir qator ijobiy ta’siri bor:

* yurak, bo‘yrak va jigarga kuch beradi;

* organizmning kislota balansiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

* kamqonlikka foydali;

* immunitetni oshiradi;

* ichak mikroflorasini yaxshilaydi;

* o‘pka faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

* yo‘tal payti balg‘amni chiqarishga yordam beradi;

* charchoq, uzoq vaqt davom etgan kasallikdan so‘ng organizmga kuch-quvvat beradi;

* saraton kasalliklari rivojlanish xavfini pasaytirishi bilan ham ahamiyatli.

Xurmoning bir qancha turlari bo‘lib, ularning barchasi ana shunday shifobaxsh xususiyatga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring