Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentina prezidenti vaksina uchun Putinga minnatdorchilik bildirdi

Argentina prezidenti vaksina uchun Putinga minnatdorchilik bildirdi

Foto: «Topcor.ru»

Argentina prezidenti Alberto Fernandes koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini sotib olishda ko‘rsatgan yordami uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga minnatdorchilik bildirdi.

«Men prezident Putinga minnatdorchilik bildirmoqchiman, chunki u buni amalga oshirish uchun shaxsan o‘zi shug‘ullandi», — deya jurnalistlarga ma’lum qildi Fernandes.

Rossiya bilan Argentina vaksina yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Bu 2021-yil boshida 10 million fuqaroni emlashga imkon beradi.

Fernandesning so‘zlariga ko‘ra, vaksina mamlakatga osoyishtalik bag‘ishlaydi. Birinchi navbatda, shifokorlar, o‘qituvchilar, ichki ishlar idoralari xodimlari va keksalar emlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring