Argentina qirg‘oqlarida juda kuchli yer silkinishi ro‘y berdi

Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila qayd etildi. Manba 10 km chuqurlikda joylashgan, deb xabar berdi Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi.
Chilining Tabiiy ofatlarning oldini olish va bartaraf etish milliy xizmati (SENAPRED) biroz boshqacha ma’lumotlarni taqdim etdi.
SENAPRED ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila 7,5 magnitudali bo‘lgan. Uning epitsentri Puerto-Uilyams kichik aholi punktidan (Terra del Fuego arxipelagi) 218 km uzoqlikda joylashgan.
Hodisa sabab sunami xavfi e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter