Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentinaliklar Maradona tasvirlangan pul chiqarishmoqchi

Argentinaliklar Maradona tasvirlangan pul chiqarishmoqchi

Foto: «Twitter»

Argentinalik muxlislar afsonaviy Diyego Maradonaning rasmi 10 ming pesolik pullarda zarb etilishini so‘rashmoqda.

«Change.org» saytida 1-dekabrga o‘tar kechasi joylashtirilgan ushbu petitsiya shu paytgacha 15 mingdan ziyod ovoz to‘pladi.

Fanatlar hatto pul qanaqa ko‘rinishda bo‘lishini ham qoralab qo‘yishgan: Maradona surati bor 10 mingtaliklarni tayyorlashda havorangga urg‘u beriladi.

Ayni paytda Argentinadagi eng katta qog‘oz pul — 1000 peso.

Futbol afsonasi Maradona 2020-yilning 25-noyabr kuni 60 yoshida olamdan ko‘z yumgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring