Armanistonda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish maqsad qilingan qonun qabul qilindi

Armaniston parlamenti mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi maqsad qilingan qonun loyihasini so‘nggi o‘qishdan so‘ng qabul qildi, deb xabar berdi RIA Novosti. Muxolifatning nazarida, ushbu hujjat yuridik tomondan bema’nilik, chunki Yevropa Ittifoqi Armanistonni a’zolikka taklif qilgani yo‘q.
Qonunni yoqlab 64 nafar deputat ovoz berdi, qarshilar — yetti kishi. Faqat hukmron «Fuqarolik shartnomasi» partiyasiga a’zo deputatlar hujjatni yoqlashgani aytilyapti.
Endi Yerevan Bryussel bilan yevrointegratsiya jarayonini muhokama qilishni rejalashtirmoqda, deyiladi xabarda.
Avvalroq Armaniston TIV rahbarining o‘rinbosari Paruyr Ovannisyan ushbu qonunning qabul qilinishi Yevroittifoqqa kirish uchun ariza sanalmasligini, balki mamlakatning YI bilan hamkorlikka intilishini ifodalashini aytgandi.
Rossiya hukumati Armanistonning YeIga a’zo bo‘lishi uning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini tark etishini anglatishini ta’kidladi. Ya’ni Rossiya Armaniston bir paytning o‘zida ikkita ittifoqqa a’zo bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblaydi. O‘z navbatida, Yerevan YeOIIni tark etish rejasi yo‘qligini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter