Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Artel: Nega aynan invertorli sovitkich xarid qilishingiz kerak?

Artel: Nega aynan invertorli sovitkich xarid qilishingiz kerak?

Artel kompaniyasi vakillari elektr tarmog‘idagi bosimning o‘zgarishi kuzatilgan holatda ham sovitish sifatini yuqotmasdan ishlashga qodir invertorli kompressorlar o‘rnatilgan sovitkichlar haqida so‘zlab berishdi.

Ba’zan elektr tarmog‘iga juda ko‘p qurilmalar ulangan bo‘ladi: yozda konditsionerlar, qishda esa isitkichlar ishlaydi. Shu bois bosim ko‘tarilishi yoki pasayishi, buning natijasida o‘ziga xos tebranishlar kuzatilishi mumkin. Bunday holatlar ba’zida qisqa muddatli bo‘lishi mumkin, masalan, chiroqni yoqqandan so‘ng to‘satdan bosim ko‘tarilishi yoki uzoq muddatli bo‘lishi va iste’molchiga deyarli sezilmasligi mumkin. Bu, ayniqsa, sovuq va issiq mavsumlarda, elektr tarmog‘iga ulangan qurilmalarning ko‘pligi tufayli tarmoq maksimal darajada yuklangan bir paytda dolzarb bo‘ladi.

Tarmoqdagi bunday o‘zgarishlar jihozlarning ishdan chiqishi yoki ishlash sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin, bu esa aholining maishiy hayotida qiyinchiliklar kuzatilishiga sabab bo‘ladi. Artel kompaniyasi bu kabi holatlarning oldini oluvchi invertorli kompressor texnologiyasiga ega sovitkichlarni taklif qilmoqda.

Past bosimda ishlashga qodir

Sovitkich — inson salomatligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan jihoz: u oziq-ovqatni yaxshi saqlashni uzaytiradi, bu esa kishining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlaydi. Bunda sovitkich uzoq vaqt, uzluksiz va xatosiz ishlashi muhim ahamiyatga ega. Elektr tarmog‘i bosimida kuzatiladigan o‘zgarishlar esa sovitish uskunasining ishlashi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.

Biroq, tarmoqdagi tebranishlar paytida ham barqaror ishlashga qodir sovitkichlar mavjud: ular bosimni nazorat qiluvchi maxsus invertor bilan jihozlangan. Bunday sovitkichlarning 2023 yildagi yorqin vakillari Artel Grand Inverter Steel Edition va Artel Symfoniya Glass Edition sovitish uskunalari liniyasidir. Ushbu modellar hatto 160 V bosimda ham ishlashga qodir, ya’ni umumiy elektr tarmog‘ida sezilarli yuk bo‘lsa ham, kompressor bosimni barqarorlashtiradi va sovitkich ishlash sifatini yo‘qotmasdan xizmat qilishda davom etadi.

Har qanday sharoitda barqaror va sokin

Invertorli kompressor — sovitish uskunasining eng qimmat komponentlaridan biridir va Artel kompaniyasi iste’molchi uchun kompressor ishining barqarorligini saqlab qolish qanchalik muhim ekanini yaxshi tushunadi. Shuning uchun kompaniya kompressor uchun 10 yil davomida alohida kafolatlangan xizmat ko‘rsatishni taklif qilmoqda.

Shuningdek, invertor texnologiyasi o‘rnatilgan sovitkichlar yanada ko‘proq afzalliklarga ega. Ulardan biri — atigi 37 dB dan iborat past shovqin darajasidir. Bunday sovitkichlar bilan siz oilangiz davrasidagi kechki ovqatlar yoki do‘stona suhbatlar paytida kutilmagan shovqindan bezovta bo‘lmaysiz.

Oziq-ovqatlarni yaxshi saqlash ustuvor bo‘lganda

Artel kompaniyasining 2023 yildagi sovitkichlar liniyasida yana ko‘plab muhim xususiyatlar mavjud. Xususan:

• bir tekisda 3D sovitish — sovitkichning har bir javoniga o‘rnatilgan Air-condition tizimi oziq-ovqatlarni uzoq vaqt davomida yaxshi saqlash imkonini beradi;
• Ultra cooling – Artel kompaniyasining ichki sinovlariga ko‘ra, devoriga Ultra cooling sovitish tizimi o‘rnatilgan sovitkichlar boshqa modellarga qaraganda oziq-ovqatlarni 24% ga tezroq sovitish xususiyatiga ega;
• shisha tokchalar 150 kg gacha bo‘lgan o‘ta og‘ir yukka bardosh bera oladi.

Sovitkichlarning yangi modellari haqida batafsil ma’lumot bilan kompaniyaning shourumlarida yoki quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Yagona axborot markazi: (+998) 78−148−88−88.
Sayt:https://www.artelgroup.orgartelelectronics.com
Instagram: @artel_official, @artel_matbuot_xizmati

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring