Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Artel Toshkent yoshlar forumining gender tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi

Artel Toshkent yoshlar forumining gender tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi

20-21 dekabr kunlari Congress Hallda bo‘lib o‘tgan Toshkent yoshlar forumi o‘zining asosiy e’tiborini ekologik muammolar va gender tengligi masalasiga qaratdi.

Artel kompaniyasi mamnuniyat bilan ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va Toshkent yoshlar forumi hamkori sifatida qatnashdi. Gender tengligini ta’minlash — O‘zbekiston taraqqiyotining muhim tarkibiy qismi, inson huquqlarini himoya qilish va iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlashdir.

Gender tengligini ta’minlashda xususiy biznesning o‘rni bu muvaffaqiyatning asosidir. Artel Markaziy Osiyodagi eng yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi va mamlakatdagi eng mashhur brendlardan biri sifatida ushbu mavzu bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi uchun imkoniyat yaratishdan mamnunligini bildirdi.

Yoshlar forumi davomida kompaniya ayollar huquqlarini himoya qilish, oilaviy zo‘ravonlik muammolari va boshqa ko‘plab mavzular muhokama qilingan munozara maydonchasini qo‘llab-quvvatladi.

Yoshlar forumi ishtirokchilari uchun mashhur bloger Husnora Shodiyeva va boshqa ma’ruzachilar motivatsion nutq so‘zladi. Faol ishtirokchilarga sovg‘alar topshirildi.

Yoshlar forumini qo‘llab-quvvatlash orqali Artel ayollar uchun ta’lim va gender tengligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda. Ular «BMT gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik» kampaniyasida ishtirok etish, Wonder Woman hub loyihasini qo‘llab-quvvatlash va Ayollarni rivojlantirish markazini tashkil etish kabi ichki tashabbuslarni o‘z ichiga oladi. Artel, shuningdek, Samarqanddagi «Rahmdillik» ayollar boshpanasi kabi fuqarolik jamiyatining muhim loyihalarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring