Arxeologlar Turkiyada 1700 yillik haykalni topishdi
Hozirgi kunda Turkiyaning Antaliya viloyatiga qarashli qadimgi Perge shahri hududida arxeologlar ellinizm davriga oid 1700 yillik ayol haykalini topishdi. Bu haqda «Hurriyet Daily News» sayti xabar bergan.
Haykal joriy yilda mutaxassislarning Pergedagi birinchi topilmasi bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, haykal ikki qismdan — ayolning singan boshi va tanasidan iborat.
Pergedagi qazilma ishlariga Istanbul universiteti arxeologiya bo‘yicha professor Sedef Kokay Kepche rahbarlik qilmoqda. Milodiy III asrga taalluqli haykal restavratsiyadan so‘ng Antaliya Arxeologiya muzeyiga joylanadi, deyiladi 28-iyuldagi xabarda.
Pergeda arxeologik qazilma ishlari 1946-yildan beri Istanbul universiteti tomonidan munatazam amalga oshirib kelinmoqda. 2009-yilda qadimiy shahar YuNESKO butunjahon merosi ob’yektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter