Asakadagi yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Asaka tumanida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dastlabki olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida bir nafar shaxs vafot etgan, bir nafari esa og‘ir tan jarohati olgan.
Shaxobcha ichida bo‘lgan «Labo» rusumli avtomashina to‘liq yonib ketgan.
Jinoyat ishi doirasida sud-tibbiy, yong‘in sabablari bo‘yicha yong‘in-texnikaviy va boshqa zarur ekspertizalar tayinlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda «Asakada uy yonmoqda» sarlavhali video tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter